Tashrif davomida mehmonlarimizga tikuvchilik va matoga gul bosish bo’limlari hamda agrotexnika va ekin yerlarini monitoring qilish jarayonlari batafsil ko’rsatib berildi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi J.Raximov ushbu jarayonlarni onlayn monitoring orqali kuzatib borish kabi avtomatlashtirilgan tizimlarni yuqori baholadi va kelgusida qilinishi kerak bo’lgan ishlar to’g’risida o’z takliflarini bildirdi.