Bugun Italiya-Oʼzbekiston savdo palatasi hamda «Oʼztoʼqimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan mahalliy toʼqimachilik sanoati vakillari va Italiyalik toʼqimachilik korxonalari oʼrtasida «ZOOM» platformasi orqali onlayn amaliy uchrashuv boʼlib oʼtdi va unda «Gurlan global teks» paxta-toʼqimachilik klasteri ham qatnashdi.

Tadbir davomida Italiya bozoriga kirish istagida boʼlgan oʼzbek toʼqimachilik korxonalari korxona va mahsulot haqida taqdimotlar oʼtkazdilar.