2022 yil paxta yig’im terimi mavsumi oldidan «Gurlan Global Teks» klasteri rahbariyat xodimlari va hududlar kesimida fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan birgalikda “Paxta yig’im terimi mavsumiga tayyorgarlik hamda xosildorlikni yanada oshirish va shu sohada mavjud muammolarni bartaraf qilish» bo’yicha uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

Ushbu bo’lib o’tgan uchrashuvlarda fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan birgalikda sohaga oid turli xil muammolarga yechimlar, ehtiyojlarni qondirish uchun takliflar va boshqa kutilmagan muammolarning kelib chiqishini oldini olish hamda chora-tadbirlarni tashkil qilish bo’yicha umumiy kelishuv ishlari olib borildi.

Ko’plab fermerlarning talab va takliflari, sohaga oid muammolari tinglanib ularni joyida bartaraf qilish choralari ko’rildi.