“Omonboyev Nodirbek” f/x maydonida 2022-yil hosili uchun chigit ekish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi M.Achilov, viloyat agroservis MTP MCHJ raisi o‘rinbosari M.Ustanazarov “Gurlan global teks” MChJ paxta to‘qimachilik klasteri va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok qildilar.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘p yillik tajribaga ega nuroniylar maslahatlari tinglanib, ularning duosi bilan yerga urug‘ qadash ishlari boshlab yuborildi.

Shuningdek, seminar doirasida “Gurlan Global Teks” MChJ paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan hududlarga biriktirilgan rahbarlar va tuman «Nuroniylar jamoatchilik kengashi» raisi K.Urazmetovlarga xizmat avtomobillari topshirildi.