Bugun O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po’lat Razzoqovich Bobojonov boshchiligida bir guruh yuqori martabali mehmonlar paxta to`qimachilik klasterimizga tashrif buyurdilar.

Dastlab fabrikamizning tikuvchilik bo’limi faoliyati va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so’ng Gurlan tumanidagi qilinishi rejalashtirilayotgan loyihalar sektorlar kesimida taqdimotlari o’tkazildi.

P.Bobojonov fabrikamiz faoliyati bilan yaqindan tanishib, kelgusidagi ishlarda yuqori ko`rsatkichlarga erishish kerakligini ta’kidlab muvaffaqiyatlar tiladilar.