Gurlan Global Teks fabrikasida umumiy 1200 ga yaqin xodimlar birgalikda bir yoqadan bosh chiqarib xalqimizga hamyonbop va jahon standartlariga mos kiyim-kechaklarni ishlab chiqarish va yetkazib berish ustida ish olib borishadi. Shulardan bir qanchasi umumiy jarayonning boshqaruvida qatnashadi va bu ishning tez va o’z vaqtida bekamiko’st bitishida asosiy omillardan biridir.

Ushbu boshqaruv jamoasining qulay va sifatli ish olib borishi maqsadida ajratilgan binoda yaqin kunlarda boshlangan ta’mirlash ishlarining birinchi yarimi bitkazildi. Endilikda keng va shinam xonalar va barcha qulayliklarga ega mebellar va xonaning boshqa jihozlari foydalanishga topshirildi. Bu esa o’z navbatida xodimlarning minnatdorchiligiga sabab bo’ladigan ish bo’ldi desak adashmagan bo’lamiz.

Boshqaruv xodimlari binosining yuqori qismi ya’ni ikkinchi qavati ta’mirlab xodimlarga topshirildi. Endilikda ta’mirlash ishlari binoning birinchi qavatida davom etmoqda va rejalarimiz asosida tez orada ushbu qavat ham qulay va shinam, zamonaviy xolatda foydalanishga topshiriladi. Quyidagi ba’zi fotolavhalar orqali ta’mirlashdan keyin xonalarning chiroyli, zamonaviy va shinam xolatga kelganiga guvoh bo’lishingiz mumkin.